O'zbekiston xalq shoirlari Usmon Azim, Mahmud Toir, Qoraqalpog'iston xalq shoiri Rustam Musurmon, mahalliy va qo'shni viloyatlardan kelgan shoirlar ishtirokidagi anjuman yuqori saviyada o'tdi.

Tuman hokimi Mahmud Qaypanov va boshqa bo'zatovliklarning samimiyati, g'ayrat-shijoati, so'nggi yillarda tumanda ro'y bergan yangilanishlarni ko'rib ko'ngillar xushnud bo'ldi.

Festival` yakunida Ustoz Usmon Azim shunday dedi: “Bu erning kengliklari she'rga to'la ekan, faqat ularni yozish kerak...”