Boʻzatovda yoshlar festivali oʻtkazilmoqda

    Ijtimoiy hayot 9 Iyun 2021 3007

    Qoraqalpogʻiston Respublikasining Boʻzatov tumanida ayni paytda “Respublika yoshlar ovozi” festivali oʻtkazilmoqda. Maʼlumotlarga qaraganda Oʻzbekiston boʻylab qariyb 10 mingga yaqin yoshlar festival doirasida ishtirok etmoqda.

    Bugun Boʻzatov tumanida “Boʻzatov. Yoshlar ovozi” respublika ilmiy-amaliy konferensiya oʻz ishini boshladi. Konferensiyani Oʻzbekiston yoshlar ishlari direktori Alisher Saʼdullayev ochib berdi va yoshlarga ilmiy ishlarida omad tiladi. Konferensiya ishtirokchilari 4 ta shuʼbaga boʻlingan.

    Shuningdek, “Boʻzatov tekstil” masʼuliyati cheklangan jamiyatida jamlanmagan yoshlar uchun “Hunarli qoʻllar” tanlovi tashkil etilib, qizlar kiyim bichish-tikish boʻyicha musobaqaga tushishdi. Tanlov yakunida Zaxida Daryabayeva birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Gʻoliblar tikuv mashinalari bilan taqdirlandi.

    Festival doirasida sportning 4 turi boʻyicha ham musobaqa davom etmoqda.

    Minajatdin QUTLЫMURATOV,

    “Yangi Oʻzbekiston” muxbiri.