Hozirga qadar, ushbu kondan 51,4 mln kub metr tabiiy gaz va 1,0 ming tonna gaz kondensati qazib olindi. 2020-yilda “Boʻzaxoʻr” konidan 68,8 mln kub metr tabiiy gaz va 2,1 ming tonna gaz kondensati qazib olish rejalashtirilgan.
Ikkinchi yarim yillikda bitta quduq mukammal taʼmirlanishi kutilmoqda, natijada, quduqlardan qoʻshimcha 1,5 mln kub metr tabiiy gaz va 15 tonna gaz kondensati qazib chiqarishga erishiladi.
Kondan qazib olinayotgan tabiiy gazni Shoʻrtan konidagi Gazni dastlabki tayyorlash qurilmasi 1-navbatiga yetkazuvchi diametri 325 mm, uzunligi 16,0 km boʻlgan gaz quvurida suyuqliklar yigʻilishining oldini olish va gaz oʻtkazuvchanlik samaradorligini oshirish maqsadida bir qator ishlar bajarilmoqda.
Jumladan, “Boʻzaxoʻr” konidan qazib olinayotgan gaz tarkibidagi mexanik aralashmalar, texnik suyuqlik va kondensatni ajratib olish uchun Gazni dastlabki tayyorlash qurilmasining qurilish-montash ishlari amalga oshirilmoqda.
Loyihaning ishga tushirilishi bilan nafaqat “Boʻzaxoʻr” koni, balki “Sharqiy Boʻzaxoʻr”, “Chunagʻar”, “Yormoq”, “Tarnasoy” kabi gaz konlaridan qazib olinayotgan tabiiy gazni dastlabki tayyorlash imkonini beradi.