Bozorlarda bodring 57 ming soʻmgacha, uzum 80 ming soʻmgacha sotilmoqda

    Moliya 27 Dekabr 2023 1034

    Iqtisodiyot va moliya vazirligi Toshkent shahrida joylashgan “Qoʻyliq” va “Chorsu” dehqon bozorlaridagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 27-dekabrdagi ulgurji narxlari haqida maʼlumot berdi.

    Tadbirkorlar va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer va dehqon xoʻjaliklarining takliflarini inobatga olgan holda:

    1. Asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari narxlarini kuzatib borish uslubiy qoʻllanmasi ishlab chiqilib, bozorlarga keltirilayotgan mahsulotlar narxlarini onlayn rejimda kunlik monitoring va eʼlon qilib borish amaliyoti yoʻlga qoʻyilmoqda.

    Qoʻyliq ulgurji bozorida – 28 turdagi meva, sabzavot, dukkakli va guruch mahsulotlari narxlari boʻyicha maʼlumotlar ertalab soat 5:00 dan 7:00 ga qadar; Chorsu bozorida – mol va qoʻy goʻshti narxlari boʻyicha maʼlumotlar ertalab soat 5:00 va 8:00 oraligʻida yigʻiladi.

    2. Ushbu tizimning amaliyotga joriy qilinishi dastlabki bosqichda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer va dehqonlar hamda ulgurji va chakana savdodagi tadbirkorlar uchun zaruriy maʼlumotlar bazasi vazifasini bajaradi.

    Xususan:

    a) dehqon va fermerlar uchun mahsulotlarni sotish boʻyicha shartnomalar tuzishda dalaning oʻzida joriy narxlar toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlish imkonini beradi;

    b) ushbu tizimdagi narxlar Respublikaning boshqa hududlaridagi ulgurji va chakana narxlarning shakllanishiga moʻljal boʻlib xizmat qiladi hamda kelgusida tahlil va qaror qabul qilishda maʼlumotlar bazasini shakllantiradi.

    Narxlar kuzatuvi amalga oshirilayotgan vaqtda qayd etiladi. Maʼlumotlarni toʻplash vaqt sanasi hamda joyi oʻzgarishiga qarab ham, narxlarning tebranish holatini koʻrish mumkin.

    Izoh: Ushbu oʻrganilgan narxlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi tadqiqotlari markazi xodimlari tomonidan kunlik oʻrganishlar asosida tayyorlangan.