Holat yuzasidan tegishli tekshiruv oʻtkazildi.
Oqova suvlarning chiqish joylaridan olingan laboratoriya tahlil natijalariga koʻra, “Boʻzsuv aeratsiya inshooti”ning birinchi sonli tashlamasida muallaq moddalar cheklangan miqdordan 23,7-marta, ammoniy ioni 101,9-marta, azot nitrit 3,5-marta, sulfatlar 2,3-marta, fosfatlar 1,3-marta, BPK 19,6-marta, neft mahsulotlari 2,52-marta, mis 4,16-marta, temir 12,4-marta yuqori ekanligi aniqlangan.
Shuningdek, obyektning uchinchi sonli tashlamasida muallaq moddalar belgilangan miqdordan 22,1-marta, ammoniy ioni 19,9-marta, azot nitrit 8,5-marta, sulfatlar 2,8-marta, fosfatlar 1,3-marta, BPK 17-marta, neft mahsulotlari 1,78-marta, mis 3,3-marta, temir 3,6-marta yuqori ekanligi maʼlum boʻldi.
Dastlabki tekshiruv davomida atrof-muhitni ifloslantirganlik hamda oqova oqizganlik oqibatida 1 mlrd 511 mln 966 ming 450 soʻm qoʻshimcha kompensatsiya toʻlovi hisoblandi.
Holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan JKning 205- va 207-moddalari bilan “Toshkent suv taʼminoti” AJga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgatilgan. Ayni damda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.