Kun davomida shaharda butun monitoring tarixida rekord darajadagi 259 mm yog'ingarchilik qayd etildi. Suv toshqinlari ko‘chkilar va elektr uzatish liniyalarining uzilishi yuz bergan. Qurbonlarning ko‘pi elektr toki urishidan halok bo‘lgan.
Shahardagi o'nlab asosiy yo'llarni suv bosgan, jamoat transporti, shu jumladan metro o'z faoliyatini to'xtatdi. Shahar aholisining ko‘pchiligi elektr energiyasiz qolgan. Ko‘chkilar tog‘li hududdagi xonadonlarga katta zarar yetkazdi. Odamlar vayronalar ostida qolib ketgan. Hozirda ushbu hududda qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
Shahar hokimiyatining so‘ngi xabarlariga ko‘ra xavfning 4-darajasi (5 balli tizim bo'yicha) qayd etilib favqulodda holat e'lon qilingan.