Braziliya konchilik va energetika vaziri Adolfo Sachida mamlakatda 50 kunlik dizel yoqilgʻisi qolganini aytdi.

Bu haqda u parlamentdagi nutqida maʼlum qildi.

“Vazirlik dizel yoqilgʻisi holatini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Agar dunyoda biror narsa yuz bersa va neftni import qilish imkonsiz boʻlib qolsa, Braziliya yana 50 kun dizel yoqilgʻisi importisiz ishlay oladi”, deya uning soʻzlaridan iqtibos keltiradi TASS.

Avvalroq Braziliya prezidenti Jair Bolsonaro Braziliya hukumati Rossiya bilan dizel yoqilgʻisi sotib olish boʻyicha muzokaralar olib borayotganini maʼlum qilgandi.