“Yakshanba kuni Minas-Jerays shtatining Itapeva shahri yaqinida yengil motorli samolyot halokatga uchradi, qurbonlar bor”, deyiladi xizmat saytida. Qutqaruvchilar besh kishi halok bo'lganini tasdiqladi, yana ikki kishi bedarak yo'qolgan, jumladan ikki yoshli bola. Qidiruv operatsiyasi davom etmoqda.
Mahalliy aholi voqea joyiga etib kelgan qutqaruvchilarga halokat vaqtida kuchli yomg'ir yoqqani va samolyot noma'lum sababga ko'ra qulab tushganini aytishgan, deb xabar beradi tass.ru.