Yong'in va qutqaruv xizmati ma'lumotlari shundan dalolat beradi.

“Braziliyaning janubi-sharqidagi Minas-Jerays shtatida kuchli yomg'ir yog'ishi oqibatida halok bo'lganlar soni 40 nafarga yetdi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, suv toshqinlari va ko'chkilar Juis-di-Fora va Uba shaharlarida taxminan 3600 kishining evakuatsiya qilinishga olib keldi, 27 kishi bedarak yo'qolgan.

Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Avvalroq Braziliyada kuchli yomg'ir yog'ishi oqibatida 30 kishi halok bo'lgani, 39 kishi bedarak yo'qolgani aytilgan edi, deb xabar berdi report.az.