Mintaqada qidiruv-qutqaruv ishlarida 400 nafar mutaxassis ishlayotgani, ular haligacha bedarak ketganlar sonini aniqlamagani maʼlum qilindi.

Rio-de-Janeyro gubernatori Klaudio Kastro sel sabab shahardagi vaziyatning “urush”ga o‘xshab qolganini aytib, avtomobillar ustunlarga osilganini, ko‘chalar loy va suvga to‘lganini aytdi. Boshqa tomondan, Fuqarolik Mudofaa Kengashi, mintaqa uchun yengil va o‘rtacha yomg‘ir yog‘ish holati kutilayotganini eʼlon qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda aks etgan videolarda kechagi kuchli yomg‘irdan keyin Petropolisning baland hududlarida ko‘chkilar sodir bo‘lgani, ko‘chalar, parklar, bozorlar suv ostida qolgani, avtomobillar va avtobuslarning suv ostida qolayotgani ko‘rinadi.

Maʼlumot o‘rnida: 2011 yilda shaharda fojiaga aylangan suv toshqini oqibatida 900 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, 100 dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan edi.