Braziliyada ATR-72 turbovintli samolyotining qulashiga qanotlarda muz hosil bo'lishi sabab bo'lishi mumkin. Samolyot turar-joy hududida qulab tushdi.

Taxminlarga ko'ra, samolyot boshqaruvni yo'qotib, aylana boshlagan. Samolyot havoda aylanib, keyin qulab tushdi. Oqibatda 62 kishi – 58 yo'lovchi, ikki nafar styuardessa, ikkinchi uchuvchi va samolyot komandiri halok bo'ldi.

Avvalroq 58 yo'lovchi va 4 ekipaj a'zosi bo'lgan samolyot Vinyedu turar-joy hududida qulagani haqida avvalroq xabar berilgan edi. Samolyot Kaskavyeldan (Parana shtati) Guarulyus tomonga (San-Paulu shtati) uchayotgan edi.

Federal politsiya voqea yuzasidan tergov harakatlarini olib bormoqda, deb xabar beradi tengrinews.kz.