Markaz xodimlari tomonidan Jondor tumanida joylashgan savdo obyekti peshlavhasida mahalliy tadbirkor tomonidan korzinka.uz tovar belgisidan huquq egasining roziligini olmay, foydalanib kelinayotgani aniqlandi.

Vaholanki, “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi qonunga binoan, tovar belgisidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanish tovar belgisiga doir mutlaq huquqni buzish deb eʼtirof etiladi.

Hurmatli tadbirkorlar, qonunga rioya qiling va oʻzgalar brendidan shartnoma asosida foydalaning yoki oʻz brendingizni yarating, deyiladi Intellektual mulk agentligi matbuot xizmati xabarida.