Brent markali neftning narxi 75 dollargacha tushdi

    Sanoat 3 May 2023 422

    Kecha xalqaro birjalarda Brent markali neftning bir barreli 79,66 dollardan sotilayotgan edi.

    2023-yil iyul oyida yetkazib beriladigan Brent markali neftning narxi Londonning ICE birjasida 5,16 foizga, yaʼni bir barrel uchun 75,3 dollarga tushdi, deya xabar beradi TACC agentligi.

    Brent fyucherslari sekinlashdi va bir barrel uchun 75,52 dollar (-4,89 foiz) darajasida barqarorlashdi.

    2023-yil iyun oyida yetkazib beriladigan WTI nefti fyucherslari narxi 5,12 foizga pasayib, bir barrel uchun 71,9 dollarni tashkil qildi.

    Kecha xalqaro birjalarda Brent markali neftning bir barreli 79,66 dollardan sotilayotgan edi.