Britaniya muzeyida O‘zbekiston muzeyi buyum va ashyolari namoyish etiladigan ko‘rgazma ochiladi

    Madaniyat 15 Fevral 2024 975

    2024-yil sentyabr oyida Britaniya muzeyida O‘zbekiston muzeyi buyum va ashyolari namoyish etiladigan «Ipak yo‘li» ko‘rgazmasi ochiladi.

    Joriy yil 13-fevralda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Madaniy meros agentligi vakillari Britaniya muzeyiga tashrif buyurdilar.

    Uchrashuv yakunlari bo‘yicha ko‘rgazmada namoyish etiladigan O‘zbekiston muzeylari sara to‘plamlariga mansub noyob eksponatlar aniqlandi. Ular orasida Afrosiyob «Elchilar xonasi» devoriy surati, Varaxsha Alvon mehmonxonasidagi devoriy surat, Kofirqal’a manzilgohidan topilgan kuygan yog‘och eshik hamda So‘g‘d davriga oid boshqa buyumlar bor.

    «Ipak yo‘li» ko‘rgazmasi Seynsberi ko‘rgazmalar galereyasida 2024 yil sentyabr oyida ochiladi, deb xabar beradi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi matbuot xizmati.