“Delta varianti emlangan odamlarga yuqishda davom etadi. Va bu haqiqatan ham shuni anglatadiki, kimdir hali emlanmagan boʻlsa, u virusga muqarrar duch keladi ... va bizda bu uzatishni toʻxtatish uchun hech qanday vosita yoʻq”, dedi u.
Mavjud vaksinalar COVIDdek jiddiy kasallik va oʻlimning oldini olishda juda samarali boʻlsada, toʻliq emlangan odamning COVID-19ni qayta yuqtirib olishidan himoya qila olmaydi.
Ommaviy immunitet tushunchasi aholining koʻpchiligi emlash orqali yoki oldingi infeksiya natijasida immunitetga ega boʻlib, bu oʻz navbatida yuqumli kasalliklardan bilvosita himoya qilishini anglatadi.
London Imperial kollejining yaqinda oʻtkazilgan React tadqiqoti maʼlumotlariga koʻra, toʻliq emlangan 18 yoshdan 64 yoshgacha boʻlgan odamlarda emlanmagan odamlarga qaraganda infeksiya xavfi taxminan 49 foiz past boʻladi. Infeksiya bor-yoʻgʻligini aniqlash uchun topshirilgan test agar agar ijobiy natija koʻrsatsa, virus miqdori taxminan yarim foizni tashkil qiladi.
Shu kunga qadar Buyuk Britaniya aholisining qariyb 75 foizi ikki bosqichda emlandi.
Sogʻliqni saqlash vaziri Sajid Javid Buyuk Britaniyaning eng himoyasiz aholi guruhini COVIDga qarshi emlash kelasi oyning boshidanoq boshlanishi rejalashtirayotganini aytdi. Uning maʼlum qilishicha, bu grippga qarshi emlash bilan birga, bir vaqtning oʻzida oʻtkaziladi.
Professor Pollardning soʻzlariga koʻra, agar emlash natijasida paydo boʻlgan antitanachalarning darajasi pasaygan boʻlsa ham, bizning immun tizimimiz emlashni oʻnlab yillar davomida eslab qoladi va agar virusga duch kelsa, maʼlum darajada himoya qiladi. “Demak, hozir vahima qoʻzgʻashga hech qanday asos yoʻq. Koronavirus jiddiy kasallikka aylanishi muammosini koʻrmayapmiz” — dedi u.