Britaniyalik nufuzli biznesmen-milliarder Gopichand Hinduja “Hinduja Group” oilaviy xoldingga rahbarlik qiladi. Xolding avtomobilsozlik, neftni qayta ishlash, telekommunikatsiyalar, moliya, taʼlim, sogʻliqni saqlash va boshqa sohalarda faoliyat yuritadi.
Muloqot chogʻida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy, taʼlim va sogʻliqni saqlash sohalaridagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama etildi.
Britaniya tomoni Oʻzbekiston bilan yaqindan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Uchrashuv yakunida qoʻshma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.