Karamning mazkur turi tarkibida sulforafan mavjud bo'lib, organizmda saraton hujayralari tarqalining oldini oladi hamda qarish jarayonini sekinlashtiradi. Bundan tashqari, mazkur sabzavot viruslarga, xususan, koronavirusga ham qarshi yaxshi samara beradi.

Olimlar sichqonlar ustida tadqiqot olib borib, sulforafan tufayli virusning zarar yetkazishi va ko'payishi kamayganini isbotladi.

Mazkur modda brokkolidan tashqari sholg'om, rediskada ham kam miqdorda bo'lsa ham mavjud.

Mutaxassis brokkolini kunlik ratsionga kiritishni tavsiya qildi, deyiladi ria.ru saytida.