Bir paytlar paxta etishtirish uchun odamlar tomorqasigacha, tomigacha paxta ekkan, terimga jalb qilingan davrlarni yaxshi eslaymiz. O'shanda hisobotlarga qo'shib yozishlarni aralashtirib ham bugungi ko'rsatkichlarga erishilmagan.

Bugun esa yangi agrotexnologiyalar, mexanizatsiya va paxtachilikka o'zgacha yondashuv tufayli shunday barakali hosil olinmoqda. eng muhimi, buning uchun odamlarni ommaviy ravishda dalalarga safarbar qilishga, majburiy mehnatga ehtiyoj qolmadi.

Demak, erdan yuqori hosil olish uchun odamlarni qiynash shart emas ekan. To'g'ri tashkil etilgan mehnat, zamonaviy texnika va samarali agrotexnologiyalar bilan ham katta natijaga erishish mumkinligini bugungi raqamlar aniq-tiniq ko'rsatib turibdi.