Qayd etilishicha, shu yilning 23-24-dekabrda respublika boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida 23-dekabr kuni kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz qor yogʻishi mumkin.

25-26-dekabrda Qoraqalpogʻiston Respublikasida va Xorazm viloyatida vaqti-vaqti bilan asosan qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik kuzatiladi. 26-dekabrda Toshkent viloyatining baʼzi joylarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ushbu kunlarda respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.

Havo harorati asosan kechalari -3...+2 daraja iliq, kunduz kunlari 22-dekabrda 0...+5 daraja iliq boʻladi, 23-25-dekabrda asta-sekin +5...+10 darajagacha koʻtariladi, 26-dekabrda +2...+7 daraja iliq boʻladi.

Shamol sharqdan oʻrtacha tezlikkacha esadi. Respublika boʻyicha ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. 22-23-dekabrda yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi.

Togʻli hududlarda baʼzi joylarda qor yogʻadi Qor koʻchishi xavfi bor.

Toshkentda 22-25-dekabr kunlari asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat 23-dekabrda kechasi biroz qor yogʻishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. 22-23-dekabrda yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi.

Harorat kechalari -1...+2 daraja iliq, kunduzi 22-dekabrda +2...+4 daraja iliq boʻladi, 23-25-dekabrda asta-sekin +7...+9 daraja iliqqacha koʻtariladi.

26-dekabrda vaqti-vaqti bilan asosan yomgʻir koʻrinishidagi yogʻingarchilik kuzatiladi va kunduzgi harorat biroz pasayadi.