Bu hafta havoning nisbatan ilishi kutiladi

    Mamlakatimizda 12 Oktabr 2020 381

    Oʻtgan haftada Ural hududidan kirgan sovuq oqim taʼsirida mamlakatimiz hududining katta qismida harorat iqlimiy meʼyorlardan 4-7 darajaga past boʻldi.

    Bugun sovuq havo respublika hududidan chekina boshladi. Harorat kunduzi 19-22 darajagacha koʻtarilsada, bu hali hamon meʼyordan 2-3 darajaga pastdir.

    Ish haftasi davomida Oʻzbekiston hududiga xorijiy janubdan quruq va issiq havo oqimi kirishni boshlaydi.

    Butun respublika boʻyicha ob-havo kam bulutli va yogʻingarchiliksiz boʻladi.

    Harorat koʻtarilib borib, kechasi 7-10 daraja, kunduzi 22-25 daraja issiq boʻladi, bu iqlimiy meʼyorlardan 2-4 darajaga yuqoridir, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya markazi.