Bugun sovuq havo respublika hududidan chekina boshladi. Harorat kunduzi 19-22 darajagacha koʻtarilsada, bu hali hamon meʼyordan 2-3 darajaga pastdir.

Ish haftasi davomida Oʻzbekiston hududiga xorijiy janubdan quruq va issiq havo oqimi kirishni boshlaydi.

Butun respublika boʻyicha ob-havo kam bulutli va yogʻingarchiliksiz boʻladi.

Harorat koʻtarilib borib, kechasi 7-10 daraja, kunduzi 22-25 daraja issiq boʻladi, bu iqlimiy meʼyorlardan 2-4 darajaga yuqoridir, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya markazi.