Maʼlum qilinishicha, haftaning birinchi yarmida Oʻzbekiston boʻyicha issiq ob-havo saqlanib turadi. Respublika hududi boʻyicha havo harorati 38-43o atrofida, janubda va choʻl hududlarda 44-45o gacha boʻladi.
Haftaning ikkinchi yarmida issiq kuchayadi va 21-23-iyul kunlari kunduzi havo 43-45o gacha, shimolda, janubda va choʻl hududlarda 47o gacha isiydi. Faqat respublika shimolida 23-iyulda issiq asta-sekin 37-42o gacha pasayadi.
Respublikaning ayrim joylarida shamol chang-toʻzonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Baʼzi joylarda shamol 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
18-24-iyul kunlari Qirgʻiziston hududidan Fargʻona viloyatining togʻ oldi va togʻli hududlari boʻyicha glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ehtiyot boʻling!