Oʼtgan dam olish kunlari harorat tartibi boʼyicha yoz faslining oʼrtasi uchun nisbatan qulay boʼldi. Kunduzgi havo harorati 34-37° atrofida, hatto eng janubiy hududlar boʼyicha ham 40° dan koʼtarilmadi.
Joriy hafta davomida Oʼzbekiston hududi boʼyicha haroratni nisbatan oʼzgarib turishi kutilmaydi. Haftaning boshi biroz issiq – kunduz kunlari 35-40° atrofida, janubda baʼzi joylarda 42-44° boʼladi. Hafta oʼrtasidan harorat foni 33-38° gacha biroz pasayishi kutilmoqda. Respublika janubida ham harorat 2-3° ga pasayadi.
Ushbu hafta davomida hududning katta qismi boʼyicha asosan quruq va kam bulutli ob-havo boʼlishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpogʼiston Respubikasi va Xorazm viloyatida 17 iyulda va 18 iyulga oʼtar kechasi, shuningdek 19-21 iyul kunlari Oʼzbekistonning togʼli hududlarida qisqa muddatli yomgʼir yogʼishi, momaqaldiroq boʼlishi mumkin.
17-18 iyul kunlari shimolda va choʼl hududlarda, 19-20 iyulь kunlari respublika boʼyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʼzon bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Poytaxtimizda: havo kam bulutli boʼladi, yogʼingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 19-20 iyulda 12-15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʼzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat asosan kunduz kunlari 37-40°, soʼngra ish haftasining oxirigacha 36-38° boʼladi.