Tadbir Davlatimiz rahbari tomonidan yoʻllangan tabrikni bitiruvchi oʻgʻil-qizlarga yetkazish bilan boshlandi.
“Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida barcha maktablarda koʻtarinki kayfiyatda oʻtdi.
Yil davomida aʼlo baholarga oʻqib, eng yuqori reyting koʻrsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar ragʻbatlantirildi.
Shuningdek, turli koʻrik-tanlovlarda yutuqlarga erishgan oʻquvchilarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.
Joriy yilda 10118 ta maktabni 391 568 nafar bitiruvchi tamomladi.