баннер
21 Mar 2025
10:43

    Bu yil 250 ming nafar qiz oliy ta’limga qamrab olinadi

    Yana 250 ming nafar xotin-qiz kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitiladi.

    Ayollari o‘qimishli va kasb-hunarli bo‘lgan yurtda tinchlik va taraqqiyot bo‘ladi. Ayollari ma’rifatli bo‘lgan xalq albatta baxtli bo‘ladi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025-yildagi Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida 2025-yili 250 ming nafar qizimiz oliy ta’limga qamrab olinishi ma’lum qilindi

    Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2017-yilga nisbatan 3,5 karra ko‘p. Natijada har bir mahalladan 25-30 nafar xotin-qiz oliygohlarda ta’lim olish imkoniga ega bo‘ladi.

    Bu yil sharoiti og‘ir oilalardagi iqtidorli yoshlarni xorijda o‘qitish bo‘yicha “Yorqin kelajak” loyihasi boshlanadi. Ushbu loyiha doirasida kamida 200 nafar qiz har yili dunyoning nufuzli oliygohlariga o‘qishga yuboriladi.

    Shuningdek, yana 250 ming nafar xotin-qiz kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitiladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech