— Bu yil byudjetdan Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimiga 14 trln. soʻmdan ortiq mablagʻ ajratish rejalashtirilgan.

Pandemiya davrida qoʻshimcha 3 trln. soʻmdan ziyod pul ajratildi. Bu 300 mln dollardan oshiq summa.

Mazkur mablagʻning yarmi shifokorlar va tibbiyot muassasalarida ishlaydigan xodimlar uchun maxsus toʻlovlarga sarflangan boʻlsa, qolgani qurilish ishlariga, shaxsiy himoya vositalari xaridiga yoʻnaltirildi.

Kelgusida ushbu mablagʻlarning maqsadli sarflanishi va bu borada har qanday qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻymaslik uchun zaruriy chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.