Aholini ichimlik suvi bilan taʼminlashni kengaytirish maqsadida tizim rahbarlariga qator topshiriqlar berildi.
Jumladan, tajriba tariqasida 5 ta shaharda – Kogon, Shirin, Yangiyer, Bekobod va Yangiyoʻl shaharlarida suv taʼminotiga xususiy sheriklar jalb qilinadi.
Viloyat hokimlariga eskirgan nasoslarni yangilash ishlarini boshlab, bu yil kamida 1 mingta nasosni energiya tejamkoriga almashtirishga topshiriq berildi.