“Bir million dasturchi” loyihasiga qoʻshimcha 300 ming yoshlar jalb etiladi. “Coursera” platformasida 3 mingdan ortiq kurslarda sunʼiy intellekt yordamida yoshlar uchun oʻzbek tilida taʼlim olish imkoniyati yoʻlga qoʻyiladi.
Bu yil «Muhammad Xorazmiy vorislari« loyihasi Qoraqalpogʻistonda ham joriy etilib, yana 1 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
Birlashgan Arab Amirliklari bilan Oʻzbekistonda «Bir million sunʼiy intellekt foydalanuvchilari« loyihasini amalga oshirishga kelishilgan. Raqamli texnologiyalar vazirligiga bu boradagi ishlarni boshlash topshirildi.
Oʻtgan yili 25 ming nafar qizlar IT boʻyicha bepul oʻqitildi. Bu yil dasturchi qizlar soni 2 barobar oshirilishi reja qilindi. Ming nafar iqtidorli qizlar IT oromgohlarida xalqaro olimpiadalarga tayyorlanadi.
Yoshlarning qiziqish va ehtiyojlarini barvaqt aniqlashda sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, salohiyatini monetizatsiya qilish, ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarga jalb etish muhimligi taʼkidlandi. Mutasaddilarga raqamli ijtimoiy ekotizimni joriy etish boʻyicha uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish topshirildi.