Yaqinlashib kelayotgan “Oskar-2020 ” mukofotining tashkilotchilari ham tarixda birinchi marta tadbirning bir qismini London va Parijda, ya'ni AQSHdan tashqarida o'tkazishga qaror qilishdi. (eslatib o'tamiz, marosim doim AQSHda o'tkazilgan)
Ma'muriyatning bunday qarorga kelishiga marosim ishtirokchilarining ko'pi Los-Anjelesga tashrif buyurishdan xavotirda bo'lganligi sababdir. Prodyuser Steysi Sherning so'zlariga ko'ra, hozirda boshqa mamlakatlardan nomzodlar uchun translyatsiya olib borish ob'ektlari tayyorlanmoqda.
Shunga qaramay, tashkilotchilar qonuniy va xavfsiz tarzda Amerikaga etib borish imkoniyatiga ega bo'lgan har bir kishini ushbu marosimda shaxsan ishtirok etishini ta'minlaydi. Shuningdek, xorijlik mehmonlar uchun maxsus karantin markazi qurilgan bo'lib, u erda marosim tugaguncha mehmonlarning xavfsizligi ta'minlanadi.
Marosim tashkilotchilaridan biri Stiven Soderbergning ta'kidlashicha, an'anaviy qizil yo'lakdagi odamlar soni ham cheklangan bo'ladi.
Ma'lumot o'rnida, “Oskar-2020” tantanali taqdirlash marosimi 25 aprel` kuni bo'lib o'tadi.