Bu yil Yangi Toshkentda 15 ming xonadon barpo qilinadi

    Bu uylarda “yashil” energiyadan foydalaniladi.

    Joriy yilda 120 ming xonadonli koʻp qavatli uylar qurilishi hisob-kitob qilingan.

    Bunga qoʻshimcha 15 ming xonadon Yangi Toshkentda barpo qilinadi va bu uylarda “yashil” energiyadan foydalaniladi.

    Energiya barqarorligini taʼminlash uchun xususiy sheriklik asosida 100 megavatt-soat sigʻimli elektr saqlash quvvati oʻrnatiladi.

    Yangi Toshkentdagi uylarni isitish va sovutish markazlashgan trigeneratsiya tizimi orqali boʻladi.

    Barcha bino-inshootlarga yuqori energiya samaradorlik talablari joriy qilinadi. Transport, yoritish tizimlari va zaryadlash stansiyalari faqat “yashil” talablar asosida boʻladi.