Joriy yilda 120 ming xonadonli koʻp qavatli uylar qurilishi hisob-kitob qilingan.

Bunga qoʻshimcha 15 ming xonadon Yangi Toshkentda barpo qilinadi va bu uylarda “yashil” energiyadan foydalaniladi.

Energiya barqarorligini taʼminlash uchun xususiy sheriklik asosida 100 megavatt-soat sigʻimli elektr saqlash quvvati oʻrnatiladi.

Yangi Toshkentdagi uylarni isitish va sovutish markazlashgan trigeneratsiya tizimi orqali boʻladi.

Barcha bino-inshootlarga yuqori energiya samaradorlik talablari joriy qilinadi. Transport, yoritish tizimlari va zaryadlash stansiyalari faqat “yashil” talablar asosida boʻladi.