Prezidentimiz raisligida 17-iyul kuni hududlarda ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimini yaxshilash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish masalalari boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida Prezidentimiz tomonidan bu hajmni 400 ming tonnaga yetkazish boʻyicha aniq koʻrsatmalar berildi. Amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni shu asosda ishlab chiqish vazifasi belgilandi.
Ayniqsa, suyultirilgan gazni yetkazib berishda olis, togʻli hududlardagi aholini alohida eʼtiborga olgan holda, mahsulotni oʻz vaqtida va yetarli hajmda yetkazib berish, suyultirilgan gaz zaxirasini shakllantirish, uning infratuzilmasini va yetkazib berish texnikalarini tayyorlash hamda mazkur kuz-qish davrida uzluksiz jarayonni taʼminlash boʻyicha alohida soʻz yuritildi.
Bugundan boshlab sohadagi vazifalar va koʻzda tutilgan ishlar qaytadan koʻrib chiqilib, kuz-qish davrida barqaror ishlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlar belgilanadi. Oldimizda turgan ishlar toʻlaqonli amalga oshirilib, xalqimizni kuz-qish mavsumida tabiiy va suyultirilgan gaz bilan uzluksiz taʼminlash boʻyicha barcha choralar koʻriladi.
Bahodir ESHMURODOV,
«Hududgaztaʼminot» AJ raisi