Taʼkidlanishicha, 2023-2024-oʻquv yili uchun OTMlarning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlar soni 948 486 nafarni tashkil etdi.

Abituriyentlarning taʼlim tili boʻyicha taqsimoti:

  • Oʻzbek tili — 828 699 nafar;
  • Rus tili — 88 830 nafar;
  • Qoraqalpoq tili — 28 718 nafar;
  • Boshqa tillar — 2 239 nafar.

Abituriyentlarning taʼlim shakllari boʻyicha taqsimoti (birinchi taʼlim yoʻnalishiga nisbatan):

  • Kunduzgi taʼlim shakli — 545 616 nafar;
  • Kechki taʼlim shakli — 22 867 nafar;
  • Sirtqi taʼlim shakli — 373 169 nafar;
  • Masofaviy taʼlim shakli — 6 834 nafar.

Eng koʻp abituriyent roʻyxatdan oʻtgan OTMlar (birinchi taʼlim yoʻnalishiga nisbatan):

  • Oʻzbekiston milliy universiteti — 33 721 nafar;
  • Toshkent davlat transport universiteti — 28 474 nafar;
  • Fargʻona davlat universiteti — 28 188 nafar;
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti — 26 827 nafar;
  • Qarshi davlat universiteti — 26 640 nafar.

Eng koʻp abituriyent roʻyxatdan oʻtgan hududlar (doimiy yashash hududi boʻyicha):

  1. Qashqadaryo viloyati — 112 242 nafar.
  2. Samarqand viloyati — 105 805 nafar.
  3. Fargʻona viloyati — 89 022 nafar.
  4. Toshkent viloyati — 82 173 nafar.
  5. Surxondaryo viloyati — 79 004 nafar.