Italiyalik afsonaviy darvozabon, ayni paytda “Parma” sharafini himoya qilayotgan 45 yoshli Janluijji Buffon futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.

U faoliyatini “Parma”da boshlagan edi. Keyin  uzoq yillar “Yuventus” safida toʻp surdi. 2018-yilda Fransiyaga yoʻl olib, PSJ sharafini himoya qildi va bir mavsumdan soʻng oʻzining dastlabki klubi “Parma”ga qaytdi.

Buffon 176-marta milliy jamoa safida maydonga tushgan. Besh marta jahon chempionatida, toʻrt marta Yevropa chempionatida, yana koʻplab xalqaro turnirlarda ishtirok etgan.