Sport jurnalisti Nikola Skiraning xabar berishicha, italiyalik 45 yoshli darvozabon Janluiji Buffonga Saudiyadan 2 yillik shartnoma taklif qilishgan.
Xabarda aytilishicha, unga yiliga 15 millon yevro maosh berishmoqchi. Janluiji bu taklifni rad etdi.
Keksa darvozabon ayni paytda “V” seriyada toʻp surayotgan “Parma” safida oʻynaydi va uning klub bilan shartnomasi 2024-yilning yozida tugaydi.