3-13-iyul kunlarida ochiq birja savdolari orqali 31,1 ming tonna bugʻdoy qariyb 900 ta mahalliy gʻalla yetishtiruvchi fermerlar va gʻallachilik klasterlari tomonidan sotildi.
Oʻtgan davrda birjada shakllangan bugʻdoyning oʻrtacha narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 2 663,0 ming soʻmni tashkil qildi. Birjada bugʻdoy boʻyicha shakllangan kotirovka uning boshlangʻich narxiga nisbatan 1,2 foizga oʻsdi.
Shu bilan birga, 6-13-iyul kunlarida oʻtkazilgan birja savdolari natijalariga koʻra 3-sinf bugʻdoyning oʻrtacha kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 2 921,0 ming soʻmdan 2 610,0 ming soʻmgacha, yaʼni 10,6 foizga pasaydi, deb xabar beradi Respublika tovar-xomashyo birjasining matbuot xizmati.
Bugʻdoy uchun kunlik kotirovkalarning pasayishiga birja bozorining mazkur segmentida taklifning yetarli darajada boʻlganligi oʻz ijobiy taʼsirini koʻrsatib kelyapti.
Oʻtkazilayotgan birja savdolari davomida bugʻdoy uchun birja narxlari talab va taklif asosida shakllanib, tuzilgan bitimlar doirasidagi barcha toʻlovlarni amalga oshirilishi birjaning hisob-kitob kliring palatasi orqali kafolatlanyapti.