Musobaqaning ilk kunida ikki nafar vakilimiz ringga ko‘tarildi va g‘alaba qozondi. Bugun yana 8 bokschimiz Osiyo chempionatidagi ilk janglarini o‘tkazadi. Bugundan boshlab bahslarga qizlarimiz ham qo‘shiladi.
Quyida bugun ringga ko‘tariladigan bokschilarimiz va ularning raqiblari bilan tanishing:
Erkaklar:
-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov – Hoshim Muso (Iroq)
-56 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov – Uddin Muhammad (Hindiston)
-64 kg: Elnur Abduraimov – Muhammad Sulton (Afg‘oniston)
-91 kg: Sanjar Tursunov – Qodir Abdul (Afg‘oniston).
Ayollar:
-48 kg: Gulasal Sultonaliyeva – Ilangarata Rasmika (Shri-Lanka)
-54 kg: Tursunoy Rahimova – Nazim Kizibay (Qozog‘iston)
-57 kg: Sitora Turdibekova – Kasturarachchi Keshani (Shri-Lanka)
-60 kg: Rayhona Qodirova – Baat Simranjit (Hindiston).
Bugunga belgilangan janglar O‘zbekiston vaqti bilan soat 19:00 dan so‘ng boshlanadi.