Kun davomida toʻrt nafar bokschimiz ringga koʻtariladi. Unda Odiljon Aslonov, Abdumalik Xalakov, Madiyar Saidrahimov va Rayhona Qodirova kabi bokschilarimiz keyingi bosqich yoʻllanmasi uchun bahslashadi.
Eslatib oʻtamiz, kechagi kun bahslarida bokschimiz Hasanboy Doʻsmatov italiyalik Skiassa Tommosaga qarshi ringga chiqishi kerak edi. Biroq nomaʼlum sababga koʻra, raqib jangga chiqmadi. Doʻsmatov avtomatik tarzda gʻalabani qoʻlga kiritdi va keyingi bosqichga yoʻl oldi.
Qizlar oʻrtasida -52 vaznli Tursunoy Rahimova qozogʻistonlik raqibasini magʻlubiyatga uchratdi.
-63,5 kilogramm vazn toifasida Mujibillo Tursunov “Stranja”dagi ikkinchi jangida qozogʻistonlik raqibidan ustun keldi.
-57 kilogramm vaznli Setora Turdibekova ham qozogʻistonlik raqibasidan ustun keldi.
-69 kilogramm vazn toifasida Jahongir Rahmonov italiyalik bokschiga qarshi ringga koʻtarildi va gʻalabaga erishdi.