Vugar Gashimov xotirasiga bagʻishlab oʻtkazilayotgan anʼanaviy musobaqada dunyoning nomdor 10 grossmeysterlari qatorida rapid boʻyicha amaldagi jahon chempioni, Butunjahon shaxmat olimpiadasi gʻolibi Nodirbek Abdusattorov ham bosh sovrin uchun dona suryapti.

Musobaqaning ikkinchi kungi bahslaridan soʻng hamyurtimiz hamon yakka peshqadam boʻlib turibdi. Nodirbek oʻtkazilgan 6 partiyaning 4 tasida gʻalaba, 2 tasida durang natija qayd etib, 10 ochko bilan karvonboshilikni davom ettiryapti.

Bugun Abdusattorov 7-turda eng yaqin taʼqibchisi, ozarbayjonlik Rauf Mammedovga qarshi oq donalar bilan oʻynaydi. Mamedov 9 ochko bilan ikkinchi oʻrinni egallab turibdi. Xitoylik Van Xao 8 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasagan.

Hamyurtimiz ishtirokidagi bugungi oʻyinlar:

7-tur. Nodirbek Abdusattorov - Rauf Mamedov (Ozarbayjon)

8-tur. Nodirbek Abdusattorov - Richard Papport (Ruminiya)

9-tur. Gukesh (Hindiston) - Nodirbek Abdusattorov

Turnir jadvalidagi holat:

Nodirbek Abdusattorov – 10 ochko, Mamedov - 9, Van Xao - 8, Valyexo – 7, Rapport, Mamedʼyarov, Gadimbeyli, Gukesh – 5, Shenklend - 4, Suleymanli – 2.