Bugun Niderlandiyada shaxmat boʻyicha “Tata Steel Chess-2023” turnirining oltinchi tur bellashuvlariga guvoh boʻlamiz.
Kechagi butun dunyo katta qiziqish bildirgan oʻyindagi gʻalabasidan soʻng “Masters” guruhida peshqadamga aylangan Nodirbek Abdusattorov (2713) bu gal hindistonlik Praggnanadxa (2684) bilan bellashadi.
Kecha “Chellenjer” guruhi ishtirokchilari dam olishdi. Unda 5 turdan soʻng 3.5 ochko bilan uchinchi oʻrinda borayotgan hamyurtimiz Javohir Sindorov (2654) esa braziliyalik Luis Paulo Supi (2608) bilan hisob-kitob qiladi.
“Masters”, 6-tur: Nodirbek Abdusattorov (oq) – Praggnanadxa (qora),
“Chellenjer”, 6-tur: Luis Paulo Supi (oq) – Javohir Sindorov (qora).