Toshken viloyatining ayrim joylarida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Kunduzi havo 23-28° gacha isiydi
Poytaxtimizda biroz yomgʻir yogʻib, shamol tezligi 10-13 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 26-28° boʻladi.
Togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi ehtimoli bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-22° boʻladi, deya xabar bermoqda Gidrometeorologiya xizmati markazi