Qoraqalpogʻistonda va Xorazm viloyatida yogʻingarchilik kutilmaydi. Togʻ oldi va togʻli hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Baʼzi joylarda shamol 18-23 m/s gacha kuchayadi, baʼzida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonli kuzatilishi mumkin. Harorat 23-28° gacha pasayadi.
Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol 12-17 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 24-26° atrofida boʻladi.
Togʻ oldi va togʻli hududlarda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Ayrim joylarda doʻl yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20° boʻladi.