“Oʻzgidromet” xabariga koʻra, Qoraqalpogʻistonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang toʻzon kuzatilishi mumkin. Harorat 22-27° boʻladi.

Poytaxtimizda ertalab biroz yomgʻir yogʻishi, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-27° boʻladi.

Togʻli hududlarda yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-22 m/s gacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang toʻzon kuzatilishi mumkin. Harorat 11-16° boʻladi.