Bugun kunduzi Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba'zi joylarda yomg'ir yog'adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin.

Qoraqalpog'iston Respublikasida, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida va Farg'ona vodiysi viloyatlarida yog'ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. SHamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8° iliq, shimolda 2° sovuq-3° iliq bo'ladi.

Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida yomg'ir yog'adi, kechga tomon qorga aylanishi mumkin. ertalab tuman tushishi mumkin. SHamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-5° iliq bo'ladi.

Tog'li hududlarida ba'zi joylarda yog'ingarchilik (yomg'ir, qor) bo'ladi. Va'zi joylarda tuman tushishi mumkin. SHamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8° iliq bo'ladi.