Bugun Buxorodan Istanbulga muntazam aviaqatnovlar boshlandi

    Mamlakatimizda 15 May 2022 939

    “Uzbekistan Airways” F: haftasiga ikki marta – yakshanba va payshanba kunlari Buxorodan Istanbulga reyslarni amalga oshirishni boshladi.

    Milliy aviakompaniya matbuot xizmatining maʼlumotiga koʻra, bugungi kunda “Uzbekistan Airways” Toshkent, Samarqand, Fargʻona va Urganch shaharlaridan Istanbulga muntazam aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻygan. Parvozlar har kuni zamonaviy “Boeing” va “Airbus” havo laynerlarida amalga oshirilmoqda.

    Istanbulga aviaqatnovlar hafta davomida quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshirilmoqda:

    - Fargʻonadan haftasiga uch marta - dushanba, chorshanba va shanba kunlari;

    - Samarqanddan haftasiga uch marta - dushanba, chorshanba va juma kunlari;

    - Urganchdan haftasiga ikki marta - seshanba va juma kunlari.

    Avialaynerlar Toshkentdan Istanbulga har kuni parvoz qiladi.