YECHLning 2020-yilgi finalchilari PSJ va “Bavariya”ning Myunxenda oʻtgan bahsi gollarga boy boʻlgandi. Parijliklar Mbappening dubli va Markinyosning goli evaziga gʻalaba qozonishgandi. Javob gollarni Shupo-Moting va Myuller kiritgan edi – 2:3.
PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino “Bavariya”ga qarshi javob oʻyindan oldin UYEFA rasmiy saytiga bergan intervyusida shunday dedi:
“Bu oʻyinda hamma narsa boʻlishi mumkinligiga aminman. “Bavariya” hozirgi paytda dunyoning eng yaxshi klubi hisoblanadi. Men raqibimga katta hurmat bilan qarayman.
Shu bilan birga, biz oʻz kuchimizga ishonamiz. Biz gʻalaba qozonishimiz kerakligini yaxshi tushunib turibmiz”.
“Chelsi” Sevilyada, neytral stadionda oʻtgan birinchi bellashuvda “Portu” darrozasiga javobsiz 2ta toʻp kiritib gʻalaba qozongandi. Shuning uchun Angliyada oʻtadigan uchrashuvda ham “Chelsi” gʻolib chiqishiga koʻpchilik shubha qilmayapti.