Oy tutilishini Okeaniya, Shimoliy va Janubiy Amerika, Sharqiy Osiyo, Shimoliy Yevropa mintaqasi va Indoneziya aholisi kuzatish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
Olimlarning ta'kidlashicha, Quyosh va Oy tutilishi har yarim yilda yuz beradi. Quyosh, Yer, Oy bunday paytda bitta chiqizda turib qoladi. Agar o'rtada Yer turib qolsa, u holda Oy tutiladi.
Agar Oy Yer soyasi konusiga to'liq kirib borsa, qizg'ish tusga kiradi, bu astronomik hodisa to'liq tutilish deyiladi. Agar Oy sayyoramiz soyasiga to'liq kirib bormasa, qisman tutilish kuzatiladi, deb yozadi korrespondent.net.