Bugun koʻhna qitʼada Yevropa Chempionlar ligasi chorak final oʻyinlari start oladi. Ispaniyaning “Atletiko” klubi Angliyaning “Manchester Siti”si bilan, Angliyaning yana bir klubi “Liverpul” esa Portugaliyaning “Benfika”si bilan dastlabki uchrashuvni oʻtkazadi.
Birinchi oʻyin oldidan “Atletiko” bosh murabbiyi Diyego Simeone “Manchester Siti” ustun ekanligini tan oldi.
“Raqib futbolchilari bizning futbolchilardan yaqqol kuchli. Menga “Man Siti” kabi jamoalar futbolchilarining toʻpni qaytarib olish va raqibga hujumkor futbol taklif qilish uchun qilgan harakatlari koʻproq yoqadi”, dedi u.