Bugun Futzal boʻyicha Jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi Kosta-Rikaga qarshi oʻynaydi

    Bugun Futzal Jahon chempionati guruh bosqichining navbatdagi bahslari doirasida Kosta-Rika va Oʻzbekiston terma jamoalari oʻzaro kuch sinashishadi.

    Uchrashuv 20:00da “Humo Arena”da boʻlib oʻtadi. Ushbu oʻyin bilan parallel ravishda Buxorodagi Universal majmuasida Paragvay va Niderlandlar oʻzaro uchrashadi. Paragvay Niderlandiyani yutsagina Oʻzbekiston keyingi bosqichga chiqa oladi.

    Chiptalar sotuvini amalga oshirish maqsadida barcha mezbon shaharlarda maxsus kassalar ishga tushirilgan.

    Shuningdek, musobaqa uchun chiptalarni maxsus futzal2024.uz rasmiy sayti orqali xarid qilish ham mumkin.