Bugun G3 darajali 6 ballik magnit bo‘ronilari bo‘lishi kuzatilmoqda

    Toshkentda 6 noyabr kuni kunduzi G3 darajali 5 balli magnit bo‘ronlari bo‘lishi kutilmoqda. Keyingi 2 kun davomida bo‘ron kuchi ko‘rsatkichlari G2 darajali 2-3 ballni tashkil etadi.

    6−8 noyabr kunlari Toshkentda magnit bo‘ronlari bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda meteorolik prognozlarni eʼlon qiluvchi “Meteonova” nashri maʼlum qildi.

    Bo‘ron taʼsiri 6 noyabr kuni soat 11:00 ga borib 5 ballga ko‘tariladi, 17:00 dan boshlab 3 ballga tushadi. Keyingi 2 kun davomida tush paytida va erta tongda 2-3 balli magnit bo‘ronlari kuzatilishi kutilmoqda.

    Bunday sharoitda sport bilan shug‘ullanish, og‘ir ishlar qilish, sipritli ichimliklar va qahva ichish, achchiq va sho‘r mahsulotlar isteʼmol qilish tavsiya etilmaydi. Qon bosimi borlar, o‘zingizni ehtiyot qiling, ko‘proq suyuqlik iching.